2022-yil 23-27-may kunlari Polshaning Lyublin Texnologiya universitetida “Katta ob’ektlarni skanerlash” o‘quv-seminari bo’lib o’tdi. O‘quv-seminar Polshaning Akademik almashuv Milliy agentligining (NAWA) moliyaviy ko‘magida «3D Digital Silk Road» loyihasi doarisida, Xalqaro akademik hamkorlik dasturi asosida tashkil etilgan.
O‘quv-seminarda 4 Hamkor universitetlarning 12 nafar xodimi ishtirok etishdi: bular O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti va Urganch davlat universiteti vakillari.
Treningda nazariy ma’ruzalar, Lab3D laboratoriyasida amaliy mashg’ulotlar, shuningdek, dala mashg’ulotlari (ya’ni, Zamość shahridagi Asosiy bozor maydonini skanerlash) o’tkazildi.
Bundan tashqari, TPI Sp. z o.o. 3D skanerlarning eng yangi modellarini taqdim etdi.