Shahrisabz
Ba’zi xabarlarga ko‘ra, shahar miloddan avvalgi VIII asrda tashkil etilgan. . Qadimiy a ntik davrdagi shahar Kesh deb ataladi. Qadimgi shahar aholisi – Keshliklar hunarmandchilik, savdo va yuqori madaniyati bilan dunyoda tanilgan, u davrda eng keng tarqalgan til – bu sug‘d tili edi. Shahar zardushtiylik markazlaridan biri edi, keyinchalik – Nestorianilikni ham markazi bo‘lgan. XIV asrgacha shahar Kesh nomi bilan tanilgan.
Bu shuningdek, Ahmoniylar imperiyasida Sug’diyona satrapiyasini asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan. Miloddan avvalgi 329 yilda Kesh Buyuk Iskandarning qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan va unga Eellenistik madaniyat ta’sir qilgan.
I – II asrlarda shahar Kushon imperiyasining ta’siri orbitasida edi. III asrlar davomida Kangyiga bo‘y sunuvchi bo‘lgan. Qadimgi Kanguy-Kangarlar, ular Saklar qabilalari guruhi asosida miloddan avvalgi I-3 asrda vujudga kelgan. Ular o‘zlarining davlatlarini tashkil etganlar. 4-asrda Kesh Xionitlar va Kidariylar davlati tarkibida bo‘lgan.. Ular ko‘p miqdordagi tangalarni chiqardilar. Qadimgi va erta o‘rta asr Keshi hukmdorlarining ismlari Axurpat va Shishpir bo‘lgan.
Ob’ekt panoramasi
VR ko’zoynaklari uchun 360 o’lchamdagi tasvirlar
Instruction to run VR panoramas in the mobile application