Hamkorlar uchun veb-trening “Arzon narxlardagi skanerlar yordamida kichik artefaktlarni 3D skanerlash”

       2021 yil 23 aprelda Lyublin Texnologiya Universiteti (LUT) tomonidan “3D Digital Silk Road” NAWA loyihasining sheriklari – LTU va SamDU hamda  O’zbekistonning boshqa oliy o‘quv yurtlari xodimlari uchun masofadan turib tashkil qilingan “Arzon narxlardagi skanerlardan foydalangan holda kichik artefaktlarni 3D skanerlash” veb-treningi boshlandi.

       Trening doirasida ishtirokchilar LUT tomonidan Samarqand Davlat Universitetida (SamDU) yuborilgan “Rangevision NEO” skaneri bilan ishlash boshlandi. Trening dorasida quyidagi ishlar kiradi: skaner bilan ishlash  ish joyini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlash, qurilmalarni kalibrlash, skanerlash jarayonini amalga oshirish va LUT mutaxassislari tomonidan SamDUda skanerlangan ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish. Trening LUT xodimlarining NAWA loyihasi doirasida O’zbekistonga birinchi ilmiy tkspeditsiya oldidan vazifa bo‘lib, global Covid-19 pandemiyasi sababli 2021 yil may oyida virtual ekspeditsiya sifatida masofadan turib amalga oshiriladi. SamDU va LUT xodimlari birgalikda SamDU muzeyidagi tanlangan muzey eksponatlarini skanerlash, so‘ngra skanerlangan ma’lumotlarini LUT mutaxassislari tomonidan 3D modellar ko‘rinishidagi eksponatlarning virtual to‘plamini yaratishda foydalaniladi.