5 -ilmiy ekspeditsiya – 2021

Markaziy Osiyoda Lublin texnologik universiteti 5-chi  ilmiy ekspeditsiyasi

2021yil 16-28  avgust kunilarida, kompyuter fanlari Departamenti IT mutaxassislar jamoasi  Markaziy Osiyoda  Lublin texnologik universitetining 5-chi  ilmiy ekspeditsiyasi doirasida  O‘zbekistonda kelgan edi. Ekspeditsiya «3D Digital Silk Road» loyihasi doirasida Academic International Partnership dasturi doirasida Akademik almashiv Milliy agentligining (NAWA) moliyalashtirishi asosida tashkil etilgan (https://cs.pollub.pl/projects / 3d-digital-silk-road-digitization -historical-silk-trail-in-Uzbekistan / ).  Ekspeditsiya Informatika bo‘limi xodimlari doktor Elzhbet Milosh (loyiha menejeri), prof.  Jerzi Montusevich, prof. Marek Milosh, doktor   Mariush Dzenkovskiy, doktor  Kshishtof Dzedzich va boshqalar, Martsin Barshch tomonidan amalga oshirildi.

Ekspeditsiya o‘z ishni Toshkent, Chirchiq va Samarqand shaharlarida amalga oshirdi. Unda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Buyuk Ipak yo‘lining moddiy Madaniy merosini – 3D kichik muzey eksponatlari  va katta me‘moriy ob’ektlar skanerlandi.
  • Ikkita (Toshkent va Chirchchik universitetlarida) “Raqamli texnologiyalar va 3D skaner yordamida moddiy Madaniy meros ob‘ektlarini raqamlashtirish” mavzusida  ilmiy seminar o‘tkazildi.
  • Toshkent, Samarqand va Chirchiq hamkor universitetlarda (Toshkentda O‘zbekiston Milliy universiteti, Chirchiq pedagogika davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti) va muzeylar rahbariyati bilan ishchi uchrashuvlar amalga oshirildi. (https://www.nuu.uz/eng/press/news/events/ev-international/188 ).
  • Toshkentda O‘zbekistondagi  Polsha elchixonasida (https://www.gov.pl/web/uzbekistan-ru/s3)  Lublin texnologik universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Davlat tarixiy muzeyi, Toshkent muzeyi va Chirchiq shahar tarixiy muzeylarida: Deyarli 60 muzey ashyolari, petrogliflari, sopol va charm buyumlar folklor liboslar 3D skaner bilan  raqamlashtirildi.

Toshkentshahri va Toshkent viloyatidagi Kaldyyrgoche (15-asr) va Shakh Khovand Tohur (14asr) va murakkab Zangi-ota (14asr):  me‘moriy obidalar va maqbaralar   3D skaner qilindi.

Ekspeditsiya davomida 130 GB dan ortiq  ishlob bermagan ma’lumotlar to‘plandi.   

Bundan tashqari:

  • O‘zbekistondagi Polsha elchixonasida Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi janob Gushege Marchaka bilan uchrashib, unda   O’zbekistonning Madaniy merosini o‘rganish, hujjatlashtirish, asrab-avaylash va tarqatish, Polsha fan yutuqlarini targ’ib qilish masalalari muhokima etildi.
  • O‘zbekiston  tarixi davlat muzeyi direktoriga doktor Jannat Ismailovaga, DVD oldingi o‘tgan ekspeditsiya natijalari (muzeyda  2018 yilda skaner qilingan raqamli modellari) va Termezdan topilgan 3D printerda tayyorlangan  Budda haykali  nusxasi naqdim etildi.
  • Samarqanddagi Ulug-Bek observatoriyasi muzeyi  direktori Jalpl Samarovga 1973 yilda Polshada chiqqan Nikolay Kopernik tasvirlangan kumush kolleksion  tanga loyiha nomidan taqdim etildi. https://www.kultura.uz/view_2_r_16899.html 
  • Samarqandda Registondagi Tillo-kori masjidida qayta (birinchi 2018 yilda) va madrasa hovlisida 3D skaner ishlari amalga oshirildi. Qayta skaner qilishdan maqsad 2018 -2021 yillardagi binolar holatini taqqoslash. https://sv.zarnews.uz/post/provedena-3d-ocifrovka-tillya-kori
  • Ikkinchi jahon urushi davridagi  Toshkent shahri yaqinidagi  ikkita  Polshaliklar  harbiy qabristonni: Yangiyo‘l ​​(41 110; 69 047) va Olmazor I (40,974; 68,841) 3D skaner qilindi.
  • Hojakentdagi qoyatoshdagi tasvirlar (petrogleflar)  3D skaner qilindi.

Bunday qisqa vaqt ichida bunday keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi o‘zbek universitetlari xodimlarining katta ishtiroki bilan yuzaga keldi.

Chirchiq seminar rejasi

Toshkent seminar rejasi

O’zbekiston ommaviy axborot vositalarida ekspeditsiya haqidagi nashrlar:

[ ↑ ]