O‘quv-seminar: Kichik ob’ektlarni 3D-skanerlash (raqamlashtirish)

2021 yil 15-19 noyabr kunlari Polshaning Lyublin Texnologiya universitetida “Kichik ob’ektlarni skanerlash” o‘quv-kursi  bo’lib o’tdi. O‘quv-kurs  Polshaning Akademik almashuv Milliy agentligining (NAWA) moliyaviy ko‘magida  «3D Digital Silk Road» loyihasi doarisida, Xalqaro akademik hamkorlik dasturi asosida tashkil etilgan.

O‘quv-kursda  loyihaning  4 Hamkor universitetlaridan 12 nafar xodimi ishtirok etishdi. Bular  O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti va Urganch davlat universiteti vakillari.

O‘quv dasturi.

O‘quv-seminar dasturiga  nazariy ma‘ro‘zalar, Lab3D laboratoriyasida amaliy mashg‘ulotlar, hamda joylarda amaliy mashg‘ulotlar (Polshaning Kazimer shaharchasida ob‘ektni skanerlash) kiritilgan edi. Bundan tashqari qo‘shimcha dasturda tanlab olingan ishtirokchilar  Lab3D laboratoriyasida, tanlangan ishtirokchilar YuNESKOning Butunjahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan „Lazgi” raqsi harakatlarini 3D skanerlash seansida va ob’ektlarni  3D skanerlash mashg’ulotlarida qatnashdilar.