2021 yil 2-dekabr kuni Lublinning Texnologiya universitetining (kutubxona zalida) “Luiblin Texnologiya universitetining O‘zbekistonda 2021 yildagi ilmiy ekspeditsiyasi” kichik fotoko’rgazmasini ochilishi bo’lib o‘tdi. Ko‘rgazmada 2021 yil davomida NAWAning “3D Digital Silk Road” ( “3D raqamli ipak yo’li” loyihasi asosida U‘zbekistonda olib borilgan ilmiy ekspeditsiyalar jarayonining fotosuratlari namoyish etilmoqda. Ko’rgazma kuratori professor – Jerzy Montusyiewich, Ko’rgazmada namoyish qilinaetgan katta formatda taqdim etilgan 45 ta fotosurat mualliflari 2021 yilda O’zbekistonga ekspeditsiyalar ishtirokchilari hisoblanadi: Ular professor Jerzy Montusyiewicz, professor Marek Milosz, va doktor Elżabetta Milosz – loyiha rahbari.
Ko‘rgazmada 3D raqamli Ipak yo‘li loyihasining asosiy vazifasi bo‘lgan O‘zbekistonning sharqona dunyosi, uning ranglari va Ipak yo‘lining yorqin dunyosidagi yodgorliklarni fotosuratlari namoyish etilmoqda. Lanlin Texnologiya universiteti xodimlari, O’zbekistonlik hamkorlari O’zbekiston Milliy universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti va Chirchiq Davlat Pedagogika institute xodomlari yordamida Toshkent, Chirchiq, Urganch, Xiva va Samarqand muzeylardagi qiziqarli buyumlarni, shuningdek ushbu shaharlarda mavjud bo‘lgan tanlangan me’moriy yodgorliklarni skanerlashdi. Skanerlash jarayonida quyidagi uskunalar ishlatildi: Erda turuvchi FARO, yorug‘likni tizimlashtirish texnologiyasida ishlaydigan Artec Eva – qo‘l skaneri, 360 – gradusli kamera va kompyuterlar ishlagan.
Taqdim etilgan fotosuratlar Lublin Texnologiya universiteti xodimlarining 6-kishidan iborat ikki marta uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyasi ishlariga daxldor. Bu LTU xodimlar uchun 5-6 , 3D raqamli Ipak yo’li loyihasi doirasida, bu II va III ilmiy ekspeditsiyalar edi. Ko’rgazmada siz qiziqarli muzey ashyolari, O’zbekistonning qiziqarli kiyim kechaklari, go’zal va ekzotik madraca va masjidlar binosi, eski shahar manzaralari, cho‘l hududlari va qoyatoshlardagi suratlarni ko‘rishingiz mumkin. 2021 yilning avgust va oktyabrida o’tkazilgan ekspeditsiyalar ishtirokchilarga ushbu mamlakat iqlimini kun davomida 40 darajadan 20 darajagacha, 20 darajadan 0 darajagacha bo‘lganini boshdan kechirganliklarini ularni kiygan kiyimlaridan bilish mumkin.
Chiroyli mamlakat, ajoyib sharqona obidalar, madaniy merosning bebaho asarlari, O’zbekistonning ajoyib mehmondo’st xalqini – bularning barchasi ko’rgazmada ko’rish mumkin.
Ko’rgazma shuningdek, ikki xil madaniy olam vakillarining, yani Sharq musulmon va G‘arb xristyanlarning hamkorligini, hamda turli kasb vakillari AT mutaxasislari, muzeyshunoslar, tarixchilar va boshqa kasb vakillarini bir maqsadda ishlashlari Ozbekistondagi ‘Buyuk Ipak ioli Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza etish uchun ularni raqamlashtirish ishlarini ham hujjatlashtirmoqda.
Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilar uchun 2021 yil 31 dekabrgacha ochiq.
Multimedia taqdimoti
Ko’rgazma haqida ma’lumot: