Registon – Ulugbek madrasasi

Registon – Ulugbek madrasasi

Ulug’bek madrasasi (Ulug‘bek madrasasi) – XV asrda Samarqandning ma’naiy, ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim maskani bo‘lgan. U Registon maydonidagi qadimiy madrasasi bo‘lib,  Temuriylar davlatini hukumdori  va astronom- olim Mirzo Ulug’bek tomonidan qurilgan Madrasa Sher-dor va Tillo-kori bilan birgalikda  yaxlit arxitektura ansamblini tashkil etadi. 2001 yilda Samarqandning boshqa diqqatga sazovor joylari qatorida YuNESKO butunjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.

Ulug’bek madrasasi qurilganidan keyin u XV asrning sharqidagi eng nufuzli universitetlardan biriga aylandi. Ma’lumotlarga ko’ra, taniqli shoir, olim va faylasuf Abdurahmon Jomiy bu erda tahsil olib va dars bergan. Uning tinglovchilari Naqshbandiy shayxi Xo’ja Ahror va shoir Alisher Navoiylar bo‘lgan. O’quv muassasasida matematika, geometriya, mantiq, tabiiy fanlar, iqtisodyot, ilohiyot va inson haqidagi ta’limotlar to‘plamlari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qilgan. Bu erda taniqli olimlar, masalan, Qozizoda Rumiy, Jemshid Koshiy, Ali-Qushchi, shuningdek Ulug’bekning o‘zi dars berganlar. Universitetning birinchi mudrrisi (rektori) Mavlono  Muhammad Xavofiy bo‘gan – u  kengroq ilmiy bilimlarga ega bo‘lgan.

Ob’ekt panoramasi

VR ko’zoynaklari uchun 360 o’lchamdagi tasvirlar

Ulugʻbek madrasasi – VR 360 Panorama 1
Ulugʻbek madrasasi - Registon maydonidan ko‘rinish
Ulugʻbek madrasasi – VR 360 Panorama 2
Ulugʻbek madrasasi - ichki hovlisi
Ulugʻbek madrasasi – VR 360 Panorama 3
Ulugʻbek madrasasi - ichki hovlisi

Instruction to run VR panoramas in the mobile application