“Uzbekiscanning: LUT’s Scientific Expeditions 2022” II multimedia ko‘rgazmasi

 

2022 yil 24 avgustdan – 2022 yil  8 sentyabrgacha
Lublin Politexnika universitetining Ilmiy-texnik  axborot markazi galereyasida (CINT PL)
“Uzbekiscanning: LUT’s Scientific Expeditions 2022” II multimedia ko‘rgazmasi

Lublin Texnologiya universitetida  ikkinchi marta  so‘nggi Ilmiy-tadqiqot ekspeditsiya natijalari bo‘yicha  “Uzbekiscanning: LUT’s Scientific Expeditions 2022” nomli multimedia ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.  Mazkur ilmiy ekspeditsiya 2022 yilda  «3D Digital Silk  Road» loyihasi doirasida Polsha Akademik almashuv Milliy agentligi (NAWA) moliyaviy ko‘magi blan tashkil etilgan. Ulardan biri (7-chi marta va 4-chi loyiha doirasida 2022 yil 5-18 may Samarqahd shahrida bo‘lib, unda LTUni kompyuter departamenyi xodimlari Elezabeta Milosh, Marek milosh, Yuriy Montusevich, Anna Salamaxa, Silvestr Korga va Tomash Shimchik ishtirok etishdi.  Ikkinchi ilmiy ekspeditsiya (8-chi marta va 5-chi loyiha doirasida) 2022 yil 5-12 iyunda Buxoro shahrida bo‘lib, unda Elezabeta Milosh, Marek Milosh, Yuriy Montusevich, Yatsek Kensik, Mariush Dzenkovskiy va Leshek Salamaxa ishtirok etishdi.

Ekspeditsiya doirasida uning ishtirokchilari hozirgi O‘zbekiston hududida joylashgan Buyuk Ipak yo‘li Madaniy meros ob’eklarini tanlab turli texnologiyalardan foydalanib 3D raqamlashtirish (skanerlash) va fotosuratlarini tushurishdilar.  O‘zbekistondagi Madayiy meros ob’ektlarini skanerlash va fotosuratlarini olishda ularga o‘zbekistonlik hamkorlar Samarqand Davlat universitetidan  Rahim Kayumov, O‘zbekiston Milliy universitetidan Dilbar Muhamedova, Urgench Davlat universitetidan Utkur Abdullaev, Chirchiq Davlat Pedagogika universitetidan Bahodir Eshchonov yordam berishdi.

Ekspeditsiyadagi fotosuratlarni ishtirokchilardan to‘plab multimedia ko‘rgazmasini  uning kuratori Yuriy Montusevich tayyorlagan.  Ko‘rgazma Ilmiy ekspeditsiya ishtirokchilarni 3D raqamlashtirish ish jarayoni, hamda O‘zbekistondagi sharqona muhit – uning ajoib odamlari, uziga xos taomlari, manzaralari va tabiatini namoish etadi.

Ko‘rgazmani ochilishi 2022 yil 30 avgust, soat 11.00 da LTU CINT galereyasida bo‘ladi.

 Ko‘rgazma haqidagi ma’lumot va ko‘rgazma kuratorini ma’ro‘za so‘zi.

Ko‘rgazmani raqamli versiyasini Lyublin Texnologiya universitetini virtual ko‘rgazmalar portalida ko‘rish mumkin.

Polyak papkasi

Ingliz papkasi

Ruscha papkasi

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida ko‘rgazma haqidagi nashrlar:

https://kultura.uz/view_3_r_18391.html