“3D Digital Silk Road Project” Xalqaro konferentsiyasi (3DSR ‘ 2022)

2022 yil 7-9 sentyabr kunlari Polsha milliy akademik almashinuv agentligi NAWA tomonidan moliyalashtiriladigan uch yillik “3D Digital Silk Road” loyihasini yakunlash uchun konferentsiya rejalashtirilgan.  Konferensiya O‘zbekistonda: 09.07.2022 yil Toshkentda (O’zbekiston Milliy universiteti Oz‘MU), 09.08.2022 yil Chirchiq (CHDPU-Chirchiq davlat pedagogika universiteti) va 09.09.2022 yil Samarqandda (Registon ansambli ) bo‘lib o‘tadi.  Konferensiya tashkilotchilari – loyiha hamkorlari bo‘lgan 4 ta O‘zbekiston universitetlari (O’zbekiston Milliy universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Urganch davlat universiteti) va loyiha talabgori Lyublin Texnologiya universiteti.

Konferensiya doirasida Oz‘MU  va CHDPU universitetlari binolarida 4 ta tematik sessiya va Samarqanddagi  Registon ansambilida  bitta ko‘chma   sessiyasi rejalashtirilgan. Sessiya davomida loyiha doirasidagi faoliyatni yakunlovchi 25 dan ortiq ma’ruzalarni taqdim etish rejalashtirilgan.

Konferensiya dasturi va ma’ruza tezislari bilan bu yerga tanishishingiz mumkin.

Taqdim etilgan ma’ruzalarda loyiha vazifalarini amalga oshirish bilan bog’liq natijalar, yutuqlar va muammolar taqdim etiladi: zamonaviy O’zbekistonda Ipak yo‘li yodgorliklarini raqamlashtirish, ilmiy hamkorlik, saytda yodgorliklarni ommalashtirish silkroad3d.com. 

Konferensiya davomida NAWA “3D Digital Silk Road” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy ekspeditsiyalar kursini taqdim etuvchi “Uzbekiscanning: LUT’s Scientific Expeditions 2022” multimedia ko‘rgazmasi taqdim etiladi.