8-9.01.2021 yilda “Ipak yo’li – Osiyo va Evropaning madaniy merosi” veb-konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya masofaviy shaklda amalga oshirildi. Konferentsiyaning tashkilotchilari Lyublin Texnologiya Universitetining Kompyuter fanlari kafedrasi xodimlari, loyiha menejeri: doktor Elżbieta Milosz, prof. Marek Milosz, professor Jerzy Montusevich va O‘zbekistondan hamkor universitetlar koordinatorlari: prof. Dilbar Muxamedova O’zbekiston Milliy universiteti, Urganch davlat universitetidan prof. O‘tkir Abdullaev, Chirchiq davlat Pedagogika institutidan prof. Bahodir Eshchanov va Samarqand davlat universitetidan Rahim Qayumov.
Konferentsiyada O‘zbekiston va Polsha universitetlari va muzeylarining 40 dan ortiq xodimlari ishtirok etishdi. Konferentsiyaning maqsadi Osiyo va Evropada Ipak yo‘lining madaniy merosini himoya qilish va targ‘ib qilish bilan bog‘liq tadbirlarni tadqiqot qilish va namoyish etish edi. Shuningdek, Lyublin Texnologiya Universiteti va O’zbekistondagi hamkorlar – Ipak Yo‘lining madaniy merosini muhofaza qilish borasidagi hamkorligi natijalari va 3D Digital Silk Road loyihasi doirasida kelgusidagi hamkorlik rejalari namoyish etildi.
Konferentsiyani ochilish marosimida Lyublin Texnologiya Universiteti prorektori, professor Dariush Chezvitski, Chirchiq davlat Pedagogika instituti rektori prof. G‘afurjon Muhamedov va Samankand davlat universiteti prorektori doktor Muxtor Nosirovlar tabrik so‘zlari aytib konferensiya qatnashchilariga muvofaqiyatlar tiladilar.
Konferentsiya doirasida ingliz va rus tillarida 25 ta ma‘ruza va taqdimotlar tinglandi, hamda Lyublin Texnologiya Universitetining Kompyuter fanlari kafedrasi 3D laboratoriyasining muzeologiyada axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari sohasidagi faoliyati namoyish etildi. Konferentsiya yakunida professor Roża Czabak-Garbaks Lyublinning diqqatga sazavor joylari bo‘ylab virtual ekskursiyani amalga oshirdi.
Konferentsiya dasturi bilan bu erda tanishishingiz mumkin.
Konferentsiya natijalari: