Lublin texnologiya universitetining Markaziy Osiyodagi 6-chi ilmiy ekspeditsiyasi
10-23.10.2021. Lubin texnologiya universitetining AT olimlari jamoasi Markaziy Osiyodagi 6-chi ilmiy ekspeditsiyasi Uzbekistonda faoliyatini olib bordi. Ekspeditsiya Xalqaro Akademik Hamkorlik dasturi doirasida Polsha Milliy Akademik almashuv agentligi (NAWA) moliyaviy ko‘magida “3D.Ipak yo‘li madaniy merosini raqamlashtirish” loyihasi asosida olib bormoqda.
Ekspeditsiyada informatika kafedrasi xodimlari: Elzhbet Milosh (Loyiha rahbari), prof. Marek Milosh, Yatsek Kensik, Mariush Dzenkovskiy, Martsin Badurovich va Stanislav Skulimovskiy.
Birinchi bosqichda ekspeditsiya O‘zbekiston hududida Urganch shahrida va uning atrofidagi hududda ishladi. Ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
- Urganch shahridagi davlat universiteti muzeyidagi kichik muzey ashyolari, odamlarning kiyimlari va o‘ymakor ustunlarini 3D skaner qilindi.
- Meloddan avvalgi IV-III asrga tegishli bo’lgan Qizilqum cho‘li hududida joylashgan Ayoz-teppa shahrining xarobalari ham skaner qilindi
- “3D raqamli texnologiyalardan foydalangan holda moddiy Madaniy merosni targ‘ib qilish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi (https://urdu.uz/ru/news/1184).
- Hamkor oliy ta’lim dargohi Urganch Davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. (https://urdu.uz/ru/news/1185).
Ekspeditsiyaning ikkinchi bosqichida O‘zbekistonning Xiva shahrida (xususan, Xivaning eski ichki shahri Ichan qalʼada (Ichan qalʼa)) ish olib borildi. Ushbu bosqichda jamoa quyidagi yodgorliklar va ob’ektlarni 3D formatida skanerdan o‘tkazdi:
- 11-asr Yozgi masjidi.
- Kunja ark (Eski qalʼa) — 11-asrdan Xiva xonlarining qalʼa va saroyi (17-asrda qayta qurilgan).
- Xon harami (tashqi va ichki) – Tosh havli saroyining bir qismi.
- Xonni qabul qilish zali (tashqi va ichkarida).
- Juma masjidining ichki qismi 213 ta yog‘och ustunli (ko‘pchiligi o‘ymakor ustunlar, lekin hammasi har xel) – 10-asrda qurilgan va 18-asrda qayta tiklangan.
- Pahlavon Mahmud maqbarasi – 19-asr (hovlining ichida va tashqarisida).
- Minoralar: Kalta Minor va Islom Xo‘ja.
- Kuhna Ark qo‘riqlash minorasidan Ichan Qal’aning umumiy ko‘rinishi.
- 4 ta tashqi devordan 3 tasi (mudofaa devorlari) darvozalari bilan: g‘arbiy, janubiy va sharqiy (tiklangan devorlarning uzunligi taxminan 600 m).
- XIX asrda yasalgan yog’och eshiklar to‘plami.
- Yog‘och ustunlar uchun o‘yilgan marmar tagliklar to‘plami.
- Xonlarni qabulxonasi uchun jihozlar.
Aytgancha, bu ta’kidlash kerak:
Rahima Qayumovga – Samarqand davlat universitetidan, o‘tgan ekspeditsiyada skaner qilingan buyumlarni natijalari yozilgan disklar va 3D printrda yaratilgan buyumlar nusxalari topshirildi. (https://silkroad3d.com/?page_id=2012). 3D modellarining bitta nusxasi Rahim Kayumovga marhum rassomHaydar Boturovining oilasigatomonidan sovg’a qilish uchun berildi.
Bunday qisqa muddatda shunday keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda Urganch shahridagi Hamkor universitet xodimlarining katta yordami tufayli amalga oshirildi.
1-bosqich:
2-bosqich:
[ ↑ ]
360 images for VR glasses
Instruction to run VR panoramas in the mobile application