7-ILMIY EKSPEDITSIYA – 2021

Lyublin  Texnologiya universitetining Markaziy Osiyodagi 7-chi ilmiy ekspeditsiyasi 

2022 yil 6-18 may kunlari   Lyubin Texnologiya universitetining 6 kishidan iborat olimlari jamoasi Markaziy Osiyodagi 7-chi  ilmiy ekspeditsiyasini  O’zbekistonda olib bordoi.  Ekspeditsiya Ilmiy hamkorlik Milliy agentligi (NAWA) dasturi asosida moliyalashtirilib  (O’zbekistondagi Buyuk Ipak yo’lining Madaniy meros obektlarini  3D  raqamlashtirish) «3D Digital Silk Road», loyihasi doirasida o‘tkazildi. Bu loyiha moliyalashtiriladigan to‘rtinchi ekspeditsiya (shu jumladan virtual) edi. Ekspeditsiyada elektrotexnika va kompyuter fanlari fakultetining xodimlari, doctor Elezabeta Milosh (loyiha rahbari), professor Eji Montusevich, professor Marek Milosh, doctor Silvester Korga , doktor Tomash Shimchik va Anna Salamacha ishtirok etdilar.

Ekspeditsiya ishtirokchilari O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlarida faliyat olb bordilar. Ekspeditsiya davomida  quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Tillo-kori masjidining ichki qismini skanerlash (ekspeditsiyalar tarixida uchinchi marta, binoning cho‘kish holati va tezligini aniqlash uchun).
  • Tillo-kori madrasasining kirish portalini skanerlash, ushbu madrasaning minoralarining saqlanish holatini aniqlash uchun.
  • Mirzo Ulug’bek madrasasining minoralari va tashqi devorlari, hamda hovlisini skanerlash.
  • Mirzo Ulug’bek madrasasidagi “Samarqandda ta‘lim tarixi” ko‘rgazmasi va Registon maydonidagi muzey-interyr muzey ashyolari skanerlash.
  • O‘zbekiston madaniyati tarixi Davlat muzeyi ekspozitsiyasidagi muzey ashyolari va “Boysun bahoiri” ko‘rgazmasidago qora o‘tovni ichki qismi ob’ektlarida skanerlash.
  • Samarqanddagi Ulug’bek muzeyidagi er tagida saqlanib qolgan rasadxonaning qoldiqlarini skanerlash.
  • Shahi-Zinda majmusiga yuqori hovli va to’rt maqbarani (Xo‘ja Ahmad, Tuman-oqa, Noma’lum, Amir Burunduq) va majmuani kirish portalini skanerlash.
  • Bibi-xonim masjidida hovli, masjidlar birinchi marotiba skaner qilindi.
  • Shahrisabzdagi Oq-saroy saroyini skanerlash (birinchi marta).

Bundan tashqari quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Ekspeditsiya qatnashchilari Samarqanddagi Ulug’bek muzeyi direktiriga muzey kollektsiyasini to‘ldirish uchun, 1980 yillarda Polshada muomilada bo‘lgan mashhur polyak astronomi Nikolay Kopernikning aks ettirilgan  ikkita 1000 zlota nominal qiymatiga ega bo’lgan banknotni (kog‘oz pul) to‘hfa qilindi,
  • 7-chi ilmiy ekspeditsiya ishtirokchilari 2022 yil 11-12 may kunlari Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari muammolari” Xalqaro ilmiy konferentsiyasida ishtirok etdilar va quyidagi ma’ro‘zalar bilan chiqish qildilar:
  1. “Madaniy meros ob‘ektlarining 3D-raqamlashtirish muammolari – проект «3D Digital Silk Road” loyihasi doirasida” Elezabeta Milosh, Eji  Montusevich, Marek Milosh, Rahim Qayumov
  2. “Yodgorliklarni raqamli hujjatlashtirish – zamonaviy axborot texnologiyalari va uslublari” Tomash Shimchik, Yatsek Kashek, Eji Montushevich, Xonqul Samarov, Utkur Abdullaev.
  3. “Virtual muzey ta‘limi va Madaniy merosni ommalashtirish” Stanislav Skulimovskiy, Marek Milosh, Dilbar Muhamedova, Samariddin

 Bunday qisqa davr mobaynida shunday kata ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirish uchun hamkor Universitetlar – Samarqand Davlat universiteti, Samarqand Davlat muzey-qo‘riqxonasi, Regisnon ansambili, Shohi-zinda majmuasi, Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi rahbariyati yordami va Lyublin Texnologiya universiteti xodimlari say harakatlari bilan amalga oshirildi.

[ ↑ ]